Ozarbayjon Respublikasining bir guruh fuqarolari Prezidentimiz tomonidan mukofotlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ozarbayjon Respublikasining bir guruh fuqarolarini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni bilan, Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasining Nizomiy nomidagi Adabiyot instituti “Ozarbayjon – Turkmaniston – O‘zbekiston adabiy aloqalari” bo‘limi mudiri Binnatova Almas Qasim qizi “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi.

“O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasidagi azaliy do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, xususan, ilm-fan va madaniy-gumanitar aloqalarni amaliy ma’no-mazmun hamda yangi tashabbuslar bilan boyitish, ikki mamlakatning qardosh xalqlari o‘rtasidagi birodarlik rishtalarini mustahkamlashga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun quyidagilar mukofotlansin”,- deyiladi Farmonda.

“O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan:

Mammadova Gulyanaq Zakir qizi - R. Beybutov nomidagi Ozarbayjon davlat musiqa teatri vokalisti.
“Do‘stlik” ordeni bilan:

Mustafayev Shahin Majid o‘g‘li - Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasining akademik Z.M. Bunyadov nomidagi sharqshunoslik instituti bo‘lim mudiri, akademik;
Askarov Ramiz Baxshali o‘g‘li - Boku davlat universiteti turkologiya kafedrasi mudiri, professor;
Binnatova Almas Qasim qizi - Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasining Nizomiy nomidagi Adabiyot instituti “Ozarbayjon – Turkmaniston – O‘zbekiston adabiy aloqalari” bo‘limi mudiri.