Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi bilan uchrashdi

2022-yilning 26-may kuni Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov hamda Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Bag‘dod Amreyev o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda Turkiy davlatlar tashkiloti tomonidan amalga oshirilayotgan turli sohalardagi faoliyat, shuningdek, Ozarbayjonning tashkilot faoliyatidagi faol ishtiroki yuzasidan fikr almashildi.

Jeyhun Bayramov Turkiy Davlatlar Tashkilotining boy kun tartibiga to‘xtalib, bu borada amalga oshirilayotgan qizg‘in muloqotlarni mamnuniyat bilan qayd etdi. Turkiy davlatlar tashkiloti soyaboni ostida ikki va ko‘p tomonlama formatlarda hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi.