Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligiga tashrif

Bakuda bo'lib o'tayotgan tadbirlar doirasida Bright Uzbekistan jamoasi Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov bilan uchrashuv o'tkazdi.
Loyiha asoschisi Davron Abdullaev Vazirga jurnalning ilk sonini O'zbekiston nomidan tuhfa qildi va Prezident Ilhom Aliyev hamda Ozarbayjon xalqiga kirib kelayotgan mustaqillik kuni munosabati bilan tabrik yo'lladi.
Shuningdek, loyiha mazmun mohiyati hamda kelgusi rejalari haqida to'htalib o'tdi. Jurnalning kelgusi sonlarida Ozarbayjon rahbariyati, Prezident Ilhom Aliyev ham o'rin egallashi haqida ma'lumot berdi.






