Ozarbayjonning birinchi prezidenti vafot etdi

Xabarlarga ko’ra, Ozarbayjonning birinchi prezidenti Ayaz Mutalibov 83 yoshida vafot etdi.

Ayaz Mutalibov 1938-yilda Bokuda tug‘ilgan. 1963-yilda Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasiga a'zo bo'lib, sanoat korxonalariga rahbarlik qildi. 1979-1982-yillarda Ozarbayjon SSR mahalliy sanoat vaziri, undan keyin respublika Davlat plan qoʻmitasi raisi va Ozarbayjon SSR Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari, keyin esa Vazirlar Kengashi Raisi boʻlgan. 1990-yil may oyida Ozarbayjon SSR Prezidenti etib saylandi. U KPSS Markaziy Qo'mitasi a'zosi, shuningdek, partiya Siyosiy byurosi a'zosi edi.

1991-yil sentabrida Ayaz Mutalibov prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozondi. Uning prezidentlik davrida 1991-yil 2-sentabrda e’lon qilingan, tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi atrofida vaziyat keskinlashdi. Mojaro arman va ozarbayjon aholisi oʻrtasidagi qarama-qarshilikka aylanib ketdi. Ozarbayjon armiyasining hududiy yo'qotishlari va muvaffaqiyatsizliklari fonida Ayaz Mutalibov 1992-yil mart oyida iste'foga chiqdi.

Prezident vazifasini bajaruvchi lavozimga kelgan Yoqub Mammadov vaziyatni yaxshilay olmadi va 1992- yil may oyida Oliy Kengash deputatlari Ayaz Mutalibovni qayta tiklash uchun ovoz berishdi. Ammo muxolifat bosimi ostida u tez orada prezidentlikdan voz kechdi va mamlakatni tark etdi.

2012-yilgacha u Moskvada yashagan, keyinchalik sobiq prezident vataniga qaytdi.