O‘zavtosanoat'ga sobiq rahbari qaytishi bilan UzAuto Motors aksiyalari narxi tushib ketdi

Shavkat Umurzoqovning “O‘zavtosanoat” rahbarligidan ketishi fonida kompaniya aksiyalari 63 586 so‘mgacha ko‘tarilgan. Ulug‘bek Ro‘ziqulovning “O‘zavtosanoat” rahbarligiga qaytishi e’lon qilingan kundan buyon esa kotirovkalar narxi 55 ming so‘mgacha tushib ketdi. Bu haqda Kun.uz ma'lum qildi.
“O‘zavtosanoat”ga 2018-yildan buyon rahbarlik qilib kelgan Shavkat Umurzoqov Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlanishi munosabati bilan uning o‘rniga O‘zbekistonning Indoneziyadagi elchisi sifatida ishlab kelayotgan Ulug‘bek Ro‘ziqulov tashkilot rahbarligiga qaytdi.
Qayd etish joizki, Ulug‘bek Ro‘ziqulov 2015-2017-yillarda ham “O‘zavtosanoat”ga rahbarlik qilgan.






