O’zbekiston – Afg’oniston: qiymati 100 mln dollarga teng shartnoma

Oʼzbekiston va Аfgʼoniston elektr energiyasi yetkazib berish boʼyicha 100 mln dollarlik shartnoma imzoladi. Maʼlumotlarga ko'ra, shartnomada 2 mlrd kVt/soat elektr energiyasi yetkazib berilishi koʼzda tutilgan.
Xabar berilishicha, shartnoma Da Afghanistan Breshna Sherkat (DABS) ijrochi direktori Hafiz Muhammad Аmin va «Oʼzbekiston milliy elektr tarmoqlari» АJ raisi Dadajon Isaqulov tomonidan imzolangan.
Shartnoma qiymati 100 mln dollar atrofida boʼlib, 2 mlrd kVt/soat elektr energiyasi yetkazib berilishi koʼzda tutilgan.
DABS delegatsiyasi Oʼzbekistonga tashrifi chogʼida «Surxon — Puli — Xumri» elektr uzatish liniyasi loyihasi qurilishini ham muhokama qilgan.
Xabarda aytilishicha, Аfgʼoniston delegatsiyasi Oʼzbekiston bilan toʼxtatib qoʼyilgan loyihalar boʼyicha hamkorlik qilish va loyihalar xavfsizligini taʼminlashga vaʼda bergan.






