O'zbekiston Adliya vaziri AQSh Adliya vazirligi rahbariyati bilan uchrashdi

AQShga amaliy safar davomida O'zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov ushbu mamlakat Adliya vazirligi rahbariyati bilan uchrashdi.
Adliya vaziri O'zbekistonda AQSh bilan har tomonlama va uzoq muddatli hamkorlikni kengaytirish bo'yicha amaliy qadamlar qo'yilayotganini ta'kidladi. Bundan tashqari, Ruslanbek Davletov amerikalik hamkasblariga bizning mamlakatimizda so'nggi bir necha yil ichida amalga oshirilgan islohotlar to'g'risida ma'lumot berdi.
Ushbu uchrashuv mamlakatlar o'rtasida jinoiy ishlar bo'yicha huquqiy yordam to'g'risida Shartnoma tuzishda ko'mak bo'lib xizmat qiladi.






