O'zbekiston - Afg'oniston: Biznes forum

2021 yil 25-26 may kunlari Termiz shahridagi "Sanʼat saroyi"da Oʼzbekiston va Аfgʼoniston ishbilarmonlari ishtirokida Biznes-forum, Hududlar va tarmoqlararo sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi hamda "Made in Uzbekistan" milliy mahsulotlar koʼrgazmasi boʼlib oʼtishini maʼlum qilamiz.

Tadbirlar dasturi:

  1. Oʼzbekiston va Аfgʼoniston ishbilarmonlari ishtirokida Biznes-forum - 25 may kuni soat 09:30dan - 12:30gacha. "B2B" va "G2B" shaklida muzokaralar - soat 14:30dan - soat 17:30gacha.

  2. Hududlar va tarmoqlararo sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi - 25 may kuni soat 12:00dan 26 may kuni soat 18:00gacha.

  3. "Made in Uzbekistan" milliy mahsulotlar koʼrgazmasi - 25 may kuni soat 12:00dan 26 may kuni soat 18:00gacha.