O'zbekiston Afg'onistonga 74 tonnalik insonparvarlik yordami jo'natdi

Afg‘onistonda ro‘y bergan zilzila oqibatida jabr ko‘rganlarga yordam ko‘rsatish maqsadida Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan Afg‘onistonga navbatdagi insonparvarlik yordami yuborildi.
Oziq-ovqat mahsulotlari, birlamchi zarur predmetlar va medikamentlardan iborat jami 74 tonna yuk ortilgan samolyot Afg‘onistonga jo‘nab ketdi.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila oqibatida qariyb mingga yaqin kishi halok bo‘lganligi to'g'risida xabar bergan edik.






