O'zbekiston aholisi eng ko'p foydalanadigan ijtimoiy tarmoq va messenjer nomi ma'lum bo'ldi

Qayd etilishicha, O'zbekiston aholisi eng ko‘p Instagram ijtimoiy tarmog‘idan foydalanadi. Hozirgi kunda ushbu tarmoqdan foydalanuvchilar soni 4,8 mlndan ortiq sanalib, ularning 34,4 foizini ayollar tashkil etadi. Bundan tashqari foydalanuvchilarning asosiy qismi yoshlardan (18-35 yosh) iborat.

Datareportal.com ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining qariyb 70% qismi internet foydalanuvchisi hisoblanadi. Aholining 18,3 % qismi esa, ijtimoiy tarmoqlardan muntazam foydalanadi.

So'nggi tadqiqot natijalariga ko'ra, bugungi kunda butun insoniyatning 63 % qismi internetdan foydalanishi qayd etilgan. Shuningdek, qariyb 1 yillik davr ichida internet foydalanuvchilari soni 200 millionga ortgan. Dunyo bo’ylab, 4,65 milliard foydalanuvchi ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanadi.

Shuningdek, qayd etilishicha, dunyo bo‘yicha 3 milliarddan ortiq fuqaro messenjerlardan foydalanadi. Eng ommabop sanalgan platformalar Facebook va WhatsApp bo‘lib, ular 2,5 milliarddan ortiq foydalanuvchiga ega.

Statista.com saytining e’lon qilishicha: WhatsApp (2 mlrddan ortiq foydalanuvchi), Weixin/Wechat (Xitoy 1,3 mlrdga yaqin foydalanuvchi), Facebook Messenger (988 mln foydalanuvchi), Snapchat (557 mln) hamda Telegram (550 mln) dunyo bo’ylab eng ommabop messenjerlar deya qayd etilgan.

O‘zbekistonda eng ommabop messenjerlar ro‘yxati esa quyidagicha tashkil etilgan: Telegram (foydalanuvchilarning 80 foizi), WhatsApp (foydalanuvchilarning 22% foizi), Facebook Messenger (foydalanuvchilarning 6 foizi). Hamda eng faol ijtimoiy tarmoq sifatida Instagram qayd etilgan.