O'zbekiston armiyasi to'liq koronavirusga qarshi vaksina oldi

Mudofaa vazirligining xabar berishicha vazirlik shaxsiy tarkibi koronavirus infeksiyasiga qarshi 100% emlandi.
Emlash ishlarini sifatli tashkil etish maqsadida Mudofaa vazirligi harbiy qism va muassasalar tibbiyot xodimlaridan 647 nafar vaksinatorlar tayyorlandi, shuningdek, tibbiyot punktlarida 81 ta emlash punktlari, Markaziy harbiy klinik gospitali, Markaziy shifoxona va harbiy gospitallarda 8 ta emlash brigadasi tashkil etildi.
Emlashda asosan ZF-UZ-VAC-2001 xitoy-o‘zbek vaksinasidan, shuningdek “Sputnik V”, Moderna vaksinalaridan foydalanilmoqda.
Bugungi kunga kelib Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarining 94,7 foizi — 1-bosqichda, 91,6 foizi — 2-bosqichda, 61,1 foizi esa 3-bosqichda emlandi.






