O'zbekiston Belgiyada xalqaro gastronomik turizm forumida ishtirok etmoqda

Mamlakatimizning Benilyuks mamlakatlaridagi elchixonasida O'zbekiston turizm va sport vazirligi delegatsiyasi a'zolari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Ta'kidlash joizki, O'zbekiston delegatsiyasi 31 oktyabrdan 2 noyabrgacha Belgiyaning Brugge shahrida bo'lib o'tadigan xalqaro gastronomik turizm forumida ishtirok etish uchun Butunjahon turizm tashkilotining taklifiga binoan Belgiyada tashrif buyurdi.
Uchrashuvda respublikamizning xorijdagi sayyohlik salohiyatini keng targ'ib etish, yurtimizga sayyohlar oqimini ko'paytirish, shuningdek, joriy yil oxiriga qadar va kelgusi yilda o'tkaziladigan tadbirlar rejasi muhokama qilindi.
Suhbat yakunida vazirlik vakili elchixonaga Baxriddin Chustiyning 50 dan ortiq non turlari haqida ma'lumot berilgan "non" kitobini topshirdi va ushbu kitob O'zbekistonning xorijdagi davlat turizmini rivojlantirishga xizmat qilishini ta'kidladi.






