O'zbekiston-Belorus hamkorligi yangi bosqichda

2023-yil 2-fevral kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Belarus Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Leonid Marinichni qabul qildi.
So'nggi yillarda O'zbekiston-Belarus hamkorligi sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarilgani ta'kidlandi.
Joriy yili, jumladan, O'zbekiston va Belarus o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatilganining 30 yilligini nishonlash doirasida o’tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlarning jadvali, tashkiliy va mazmunli jihatlari ko'rib chiqildi.






