O'zbekiston bilan Turkiya o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi

13 sentyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari-investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzakov Turkiya Respublikasi parlamenti deputatlarining Turkiyadagi adolat va taraqqiyot partiyasini vakili, uning raisining o'rinbosari, Turkiya Respublikasi parlamentining Istanbul shahri deputati Numan Kurtulmush boshchiligidagi guruhi bilan uchrashuv o'tkazdi.

Amaliy muloqot chog'ida tomonlar ikki mamlakat o'rtasidagi ko'p qirrali hamkorlikning keng ko'lamli masalalarini muhokama qildilar.

O'zbekiston va Turkiya siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish dinamikasi yuksak baholandi.

Turkiya tomoni O'zbekistonda islohotlarni amalga oshirishda har tomonlama ko'maklashishga tayyor ekanini bildirdi.

Erishilgan kelishuvlarni samarali amalga oshirish va o'zaro hamkorlik shakl va mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida yaqin hamkorlik to'g'risida kelishuvga erishildi.