Oʻzbekiston boʻylab Hayit namozi oʻqiladigan vaqtlar aytildi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2023-yil Ramazon hayiti (Iydul fitr)ning birinchi kuni 21-aprel (shavvol oyi 1-kuni) juma kuniga to‘g‘ri kelishi to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi.
Shunga ko‘ra 2023-yil 21-aprel juma kuni Ramazon hayiti namozi Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da, boshqa viloyatlarda namoz vaqtidagi tafovutni inobatga olib o‘qiladi.
Ramazon hayiti namozini viloyatlarda o‘qiladigan vaqtlari:
• Andijon viloyati — 05:50;
• Buxoro viloyati — 06:20;
• Jizzax viloyati — 06:10;
• Navoiy viloyati — 06:20;
• Namangan viloyati — 05:50;
• Samarqand viloyati — 06:20;
• Sirdaryo viloyati — 06:00;
• Surxondaryo viloyati — 06:15;
• Toshkent viloyati — 06:00;
• Toshkent shahri — 06:00;
• Farg‘ona viloyati — 05:50;
• Xorazm viloyati — 06:30;
• Qashqadaryo viloyati — 06:20;
• Qoraqolpog‘iston Respublikasi — 06:40.






