O'zbekiston "COVID - 19 dan holi sayohatdaman" ilovasiga qo'shildi

O'zbekiston hududidan Rossiyaga kiruvchilar uchun "COVID-19 dan holi sayohatdaman" (Путешествую без COVID-19) ilovasidan foydalanish 2021-yil 1-sentabrdan majburiy hisoblanadi.

O'zbekiston laboratoriyalari "COVID-19 dan holi sayohatdaman" ilovasiga qo'shildilar. Bugungi kunda ПЦР testini 87 ta nuqtada topshirishingiz mumkin. Foydalanuvchilar eng yaqin nuqtalarni to'liq ro'yxati bilan ilovada tanishishlari mumkin.

"COVID-19 dan holi sayohatdaman" dasturi Yevroosiyo taraqqiyot bankining raqamli tashabbuslari fondi (YOTB RTF) tomonidan ishlab chiqilgan. Ilovaning vazifasi koronavirus infektsiyasining pandemiyasi sharoitida mamlakatlar o'rtasida fuqarolarning erkin va xavfsiz harakatlanishini ta'minlashdir.