O'zbekiston delegatsiyasi BMT Bosh Assambleyasida nutq so'zladi

BMT bosh qarorgohida 26-oktabr kuni "Iqlim sohasidagi faoliyatni amalga oshirish: odamlar, yer yuzi va farovonlik uchun" mavzusida yuqori darajadagi uchrashuv bo'lib o'tdi.
Tadbirda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish, Bosh Assambleyaning 76-sessiyasi raisi Abdulla Shahid, davlat va hukumat rahbarlari va Vazirlar darajasida 70 dan ortiq mamlakat delegatsiyalari vakillari ishtirok etdi.
Yig'ilish davomida iqlim o'zgarishining dolzarb muammolari, jumladan, 1,5 daraja doirasida global isishni saqlab qolish uchun moliyaviy, texnik va ilmiy resurslarni samarali safarbar etish yo'llari ko'rib chiqildi. Shuningdek, Parij bitimida va iqlim sohasidagi boshqa hujjatlarda belgilangan maqsadlarni amalga oshirishda global hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Forumda so'zga chiqqan BMTning O'zbekistondagi doimiy vakili, elchi Baxtiyor Ibragimov Prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasida ilgari surilgan iqlim o'zgarishiga qarshi kurashish, atrof-muhitni muhofaza qilish va bioxilma-xillikka oid muhim tashabbuslari haqida ma'lumot berdi.






