O'zbekiston delegatsiyasining Saudiya Arabistoniga tashrifi

Bugun, tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov boshchiligidagi O'zbekiston Respublikasi delegatsiyasi "Ko'rfaz Arab davlatlari hamkorlik Kengashi - Markaziy Osiyo" strategik muloqotining birinchi vazirlar yig'ilishida ishtirok etish uchun Ar-Riyod shahriga (Saudiya Arabistoni) tashrif buyuradi.
Tashrif doirasida O'zbekiston delegatsiyasi xorijiy hamkorlar bilan bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o'tkazadi.






