O'zbekiston Domodedovoga aviareyslarni tikladi

Bugun, 2021 yil 15-iyun kuni uzoq vaqtdan beri birinchi marta "O'zbekiston havo yo'llari" samolyoti Domodedovo aeroportiga qo'ndi.

Bunga qadar "O'zbekiston havo yo'llari" samolyoti "Vnukovo" aeroportiga parvozlarni amalga oshirgan.

Ta'kidlash joizki, aeroportlar almashinuvi yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratish va xizmat ko‘rsatish darajasini yaxshilash maqsadida amalga oshirildi, deb xabar beradi Transport Vazirligi matbuot xizmati.