O'zbekiston-Dubay Savdo-sanoat palatalari o'rtasida hamkorlik uchrashuvi

BAAning Dubay shahrida tashkil etilayotgan “Gulfood” ko’rgazmasi doirasida Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi oʼrinbosari F.Usmanov hamda Dubay Savdo-sanoat palatasi vitse-prezidenti Hassan Аl-Hashemi oʼrtasida uchrashuv boʼlib oʼtdi.

Uchrashuv davomida ikki mamalakat ishbilarmonlari oʼrtasida yoʼlga qoʼyilgan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, Savdo-sanoat palatalari tashabbuslari bilan bir qator tadbirlar tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.