O'zbekiston Eron bilan o'zaro tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazadi

Bugun 11-mart kuni TIV rahbari Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Abdullahiyon bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maq'lum qilinishicha, ucrashuv davomida tomonlar o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazishga kelishib olishdi.
"Yaqin kelajakda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazish, shuningdek, sarmoyaviy sheriklik, ishbilarmonlik almashinuvi va xalqlarimiz o‘rtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarimizni davom ettirishga kelishib oldik", - deb qayd etdi Baxtiyor Saidov.






