Oʼzbekiston - Finlyandiya Hukumatlararo qoʼshma komissiyasining yigʼilishi

Ayni daqiqalarda Toshkendagi "Xalqaro biznes markaz"da Oʼzbekiston-Finlyandiya Hukumatlararo qoʼshma komissiyasining V yigʼilishi bo'lib o'tmoqda.
Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik masalalari ko'rib chiqilayotgan yig'ilishda O'zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov, Finlyandiya Respublikasining kooperatsiya va tashqi savdoni rivojlantirish vaziri V. Skinnari hamda ikki mamlakatning rasmiy vakillari ishtirok etishmoqda.






