O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasining sobiq prezidenti sharafiga yodgorlik turniri

Toshkent shahrida 22-27 avgust kunlari O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasining sobiq prezidenti Mirabror Usmonov xotirasiga bag'ishlangan xalqaro memorial turniri bo'lib o'tadi.

Unda O'zbekiston, Tojikiston, Eron va Yaponiya yoshlar terma jamoalari (u-16) ishtirok etadi. O'yinlar "Jar", "Paxtakor" va "Lokomotiv" stadionlarida bo'lib o'tadi.

1-tur 22 avgust kuni bo'lib o'tadi. 18.00. O'zbekiston-Eron. "Jar" Stadioni. 23 avgust. 16.00. Tojikiston-Yaponiya. "Lokomotiv" Stadioni.

2-tur 25 avgust kuni bo'lib o'tadi. 16.00. Eron-Tojikiston. "Jar" Stadioni. 18.00. Yaponiya-O'zbekiston. "Paxtakor" Stadioni.

3-tur 27 avgust kuni bo'lib o'tadi. 16.00. Yaponiya-Eron. "Jar" Stadioni. 18.00. O'zbekiston-Tojikiston. "Paxtakor" Stadioni.