O‘zbekiston FVV qutqaruvchilari Turkiyada 11 kishining hayotini saqlab qoldi

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari Turkiyada ro‘y bergan talofatli zilzila oqibatida vayronalar ostida qolgan 11 nafar jabrlangan va 33 nafar halok bo‘lganlarni vayronalar ostidan olib chiqdi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, kecha, 8-fevral kuni xodimlarimiz ishtirokida qidiruv-qutqaruv ishlarining borishi to‘g‘risida yangi ma'lumotlar kelib tushgan.