Oʼzbekiston FVV xodimlari 64 nafar halok boʼlganlarni vayronalar ostidan olib chiqdi

Turkiyadagi yer silkinishi epitsentrida oʼzbekistonlik qidiruv guruhlari oxirgi soatlarda vayronalar ostidan yana 14 kishining jasadini olib chiqdi. Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi boshlanganidan buyon Oʼzbekiston FVV xodimlari 13 nafar jabrlangan va 64 nafar halok boʼlganlarni vayronalar ostidan chiqardi.
Bu haqda Oʼzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.






