Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi vakillari AGUda turli lavozimlarga saylandi

Osiyo gimnastika ittifoqining (AGU) Bosh Assambleyasi davomida Osiyo gimnastika ittifoqi prezidenti, AGU vitse-prezidentlari (zonalar boʻyicha), Ijroiya qoʻmita aʼzolari, gimnastika yoʻnalishlari boʻyicha texnik qoʻmitalar rahbarlari ham ovoz berish yoʻli bilan aniqlandi. Rahmon Al Shatri (Qatar) AGU prezidenti etib qayta saylandi. Shuningdek, Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasining bir qator vakillari AGUda turli lavozimlarga saylanishdi.
AGUning badiiy gimnastika boʻyicha texnik qoʻmitasi rahbari – Goʻzal Moʻminova, Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasining (OʻGF) birinchi vitse-prezidenti vazifasini bajaruvchi;
AGU vitse-prezidenti, Markaziy va Janubiy mintaqalar boʻlimi rahbari – Timur Abduvaliyev, OʻGF bosh kotibi;
Gimnastika hamma uchun texnik qoʻmitasi aʼzoligiga – Yuliya Rodimseva, OʻGF gimnastika hamma uchun boʻlimi rahbari;
Erkaklar sport gimnastikasi boʻyicha texnik qoʻmita aʼzoligiga – Ravshan Mirzayev, OʻGF sport gimnastikasi (erkaklar) texnik boʻlimi rahbari;
Ayollar sport gimnastikasi boʻyicha texnik qoʻmita aʼzoligiga – Stella Koshechkina, OʻGF sport gimnastikasi (ayollar) texnik boʻlimi rahbari;
Trampolin boʻyicha texnik qoʻmita aʼzoligiga – Yekaterina Xilko, Trampolin boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi murabbiyi.
Taʼkidlash joiz, Oʻzbekiston va Yaponiya AGUga aʼzo 39 mamlakat orasida tashkilotda eng koʻp vakillari saylangan mamlakatlar boʻldi. Bundan tashqari, 4 mintaqadan tashkil topgan AGUning Markaziy va Janubiy hududini Timur Abduvaliyev boshqaradi.






