O'zbekiston hamda Pokiston trans-afg'on logistik loyihasini xayotga tadbiq etmoqda

2021 yilning 11-may kuni o'zbek raqamlari belgisi bo'lgan yuk avto ulovi afg'on tranzit chegarasini 2 kun mobaynida muvaffaqiyatli kesib o'tdi va Peshovardagi Torxam KPP ga yetib keldi.

O'zbekistonning Pokistondagi elchixonasi "Best Trans Pvt. Ltd." nomi ostidagi pokiston hamda "Asad Trans" o'zbekiston transport kompaniyalari bilan hamkorlikda ilk marotaba Afg'oniston hududi orqali o'zbek eksport mahsulotlarini to'g'ridan - to'g'ri yetkazib berish, trans-afg'on logistika loyihasini amalga oshirdilar.

O'zbek mahsulotlarini "Yetkazib beruvchi omborxonasi - importor omborxonasi" jadvali bo'yicha (Afg'oniston orqali) to'g'ridan-to'g'ri yetkazib berish loyihasi ustida olib borilgan ishlar joriy yilning yanvar oyida boshlandi. Ushbu loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirilishi, o'zbek mahsulotlarini yetkazib berish xizmati narxini sezilarli darajada pasaytiradi.

Avto ulovlar Pokistonning charm fabrikalariga O'zbekistondan qayta ishlangan charm hom-ashyo maxsulotlarini yetkazdi. Bundan tashqari, Pokistonning Lahor, Karachi, Taxila va Faysalobod shaharlariga O'zbekiston eksport tovarlarini (mineral o'g'itlar, to'qimachilik va ko'mir) muntazam to'g'ridan-to'g'ri yetkazib berish rejalashtirilgan.

«Best Trans Pvt. Ltd. » va « Asad Trans» hamkor kompaniyalar, birinchi o'zbek yuk mashinasini Pokiston hududiga kirishi tarixiy voqea deb hisoblaydilar.
Shuningdek, ular yil ohiriga qadar yuk mashinalar sonini 50 tagacha oshirishni rejalashtirmoqdalar.

O'zbekiston hamda Pokiston o'rtasida kutilayotgan imtiyozli tranzit savdoni amalga oshirish bo'yicha hukumatlararo kelishuvning imzolanishi, trans-afg'on yo'nalishi bo'yicha hududlararo yuk tashish aylanmasini sezilarli darajada oshishiga turtki beradi.