O‘zbekiston haqidagi ma’lumotlar “World Jewish Travel” xalqaro platformasiga joylashtirildi

Isroilning Tel-Aviv shahrida IMTM-2023 Xalqaro O‘rtayer dengizi sayyohlik yarmarkasi (“The International Mediterranean Tourism Market”) davom etmoqda. Yarmarka doirasida “World Jewish Travel” notijorat tashkiloti saytida (www.worldjewishtravel.org) O‘zbekiston haqidagi ma’lumotlar joylashtirildi.

Ma’lumot uchun, “World Jewish Travel” (WJT) tashkiloti yahudiylarning sayohatini targ'ib qilish, sayt foydalanuvchilariga butun dunyo bo'ylab yahudiy madaniyatini kashf etishda yordam berishga mo‘ljallangan.

Shuningdek, “Ennis Culture Centre” madaniyat markazida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi vakillari tomonidan O‘zbekistonning turizm salohiyati taqdimoti bo‘lib o‘tdi.