"Uzbekistan airways" AJ tomonidan yuk tashishning yangi qoidalari joriy etilmoqda

2021-yil 28-martdan boshlab "Uzbekistan airways"AJning barcha yo'nalishlarida "Piece Concept" (o'rindiqlar soni bo'yicha) tamoyili bo'yicha yuk tashish me'yorlarini joriy etmoqda. Istesno tariqasida O’zbekiston – Stambul/Dubay/Sharja va qaytish yo’nalishlari qolmoqda. Shu bilan birga, “Piece Concept” tamoyilida yuk tashish bo’yicha quyidagi me'yorlar mavjud:

Biznes sinfiga xizmat ko'rsatish -1ta ro’yhatdan o’tgan o’rindiq uchun 32 kg dan ortiq bo'lmagan hamda uch o’lchamli qiymat bo’yicha o’lchamlari 158 sm dan ortiq bo'lmagan yuk, (INF) joyi olinmagan chaqaloq uchun – 1 ta ro’yhatdan o’tgan o’rindiq uchun  10 kg dan ortiq bo'lmagan va uch o'lchamli qiymat bo'yicha o’lchamlari 115 sm dan ortiq bo'lmagan yuk;

Tejamli sinfga xizmat ko’rsatish - 1 ta ro’yhatdan o’tgan o’rindiq uchun 23 kg dan ortiq bo’lmagan hamda uch o’lchamli qiymat bo’yicha o’lchamlari 158 sm dan ortiq bo’lmagan yuk, (INF) joyi olinmagan chaqaloq uchun – 1 ta ro’yhatdan o’tgan o’rindiq uchun  10 kg dan ortiq bo'lmagan va uch o'lchamli qiymat bo'yicha o’lchamlari 115 sm dan ortiq bo'lmagan yuk;

Tejamli sinf uchun qo’l yuki – 1 ta o’rin uchun 8 kg, biznes sinf uchun – 1ta o’rin uchun – 10 kg. Qo’l yuki hajmi uch o'lchamli qiymat bo'yicha 115 sm dan ortmasligi lozim.

Istisno tariqasida: 
 1. O’zbekiston – Stambul/Dubay/Sharja va qaytish yo’nalishlariga avvalgi kabi “Weight Concept” printsipi bo’yicha yuk tartibi amal qilmoqda. Bunda Stambul/Dubay/Sharjadan O’zbekistonga kirib keladigan xalqaro yo’nalishlarga PC yuk tashish prinsipi qo’llaniladi.

 2. Nyu – York hamda Pekin uchun yukni o’tkazish qoidasi o’zgarishsiz qolmoqda;

Tashkilot avia chiptalarni olish vaqtida albatta, yuk masalasini aniqlab olishni sayyohlarga tavsiya etmoqda.