O'zbekiston Hindiston va Turkiya bilan parvozlarni to'xtatadi

Koronavirusga qarshi kurash bo'yicha maxsus respublika komissiyasi yangi qaror qabul qildi. Chet davlatlarda epidemiologik vaziyatning og'irlashishi sababli Hindiston va Turkiya yo'nalishli reyslar to'xtatildi.

 

Xususan, 5 maydan 1 iyungacha Farg'ona, Urganch va Samarqand aeroportlari Istanbuldan samolyotlarni qabul qilmaydi. Bundan tashqari, 10-maydan boshlab Hindiston va Turkiyaga sayyohlar uchun mo'ljallangan barcha charter reyslari epidemiologik vaziyat yaxshilanmaguncha to'xtatiladi. Shuningdek, 10-maydan boshlab paritet asosida Toshkent-Istanbul yo'nalishi bo'yicha parvozlar kamayadi.

 

Hindiston ma'lumotlariga ko'ra, so'nggi 24 soat ichida koronavirus bilan kasallangan 401 078 ta holat aniqlangan. O'tgan kun davomida COVID-19 kasalligidan 4187 ta vafot etdi, bu yangi rekordga aylandi. Mamlakat rekordlarni yangilashda davom etmoqda. Jahon hamjamiyati qiyin vaziyatdan chiqish uchun Hindistonga bor kuchi bilan yordam bermoqda.