Oʻzbekiston ikki oyda 10 mln dollardan ziyodga paypoq sotdi

O‘zbekiston 2023-yilning yanvar-fevral oylarida 12 ta xorijiy davlatga qiymati 10,2 mln dollarga teng paypoq eksport qilgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, paypoq eksporti qiymati o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3 mln dollarga oshgan.

Mamlakat joriy yilning 2 oyida eng ko‘p Rossiya (6 mln dollar), Qirgʻiziston (3,1 mln dollar) va Qozogʻiston (320 ming dollar)ga sotgan.

Shuningdek, Germaniya (268 ming) va Moldava (262 ming dollar) ham oʻzbek paypoqlarini xarid qilgan.