O'zbekiston imidjini rivojlantirish yo'lida uchrashuv

Expo 2020 Dubayda O'zbekiston Respublikasi milliy pavilonining bosh komissari - , Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi "Interforum" davlat unitar korxonasi direktori Sardor Malikov va Bright Uzbekistan loyihasining asoschisi Davron Abdullayev uchrashuv o'tkazdi.

"Bright Uzbekistan" loyihasi jamoasi Expo 2020 Dubai ko'rgazmasida axborot ko'magi sifatida faol ishtirok etib, ko'rgazmada O'zbekiston paviloni faoliyatini yoritish va mamlakatimiz obro'sini ko'tarish maqsadida ishtirok etmoqda.

Ko'rgazmaga boshchilik qilayotgan Bosh Vazir O'rinbosari, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Uktamovich - "Biz nafaqat 8-dekabr O'zbekiston kunini nishonlashimiz kerak, balki har bir vazirlik va boshqa tashkilotlar ham, O'zbekiston pavilioniga o'z hissalarini qo'shishlarini va muntazam ravishda Dubayda bo'lib o'tayotgan mega platformada barchani faol bo'lishga chaqirdilar.

Bundan tashqari, "Bright Uzbekistan" loyihasini o'z ichiga olgan "Top Business Group" kompaniyalari guruhi 8-dekabr kuni "Top Business" jurnalining O'zbekiston kuniga bag'ishlangan maxsus nashrini mamlakatimiz tashrif qog'ozi sifatida taqdim qildi. Jurnal O'zbekiston haqida, ko'rgazmada O'zbekiston paviloni va bir qator ilg'or mahalliy ishlab chiqaruvchilar, o'quv yurtlari va tibbiyot markazlari haqida ma'lumotni o'z ichiga olgan edi.

Suhbat chog'ida tomonlar hamkorlikni faol davom ettirishga, ko'rgazmada kompaniya loyihalarini taqdimotlarini o'tkazishga, O'zbekiston imidjini oshirish uchun jurnallarning maxsus nashrlarini davomiy tayyorlashga kelishib oldilar.

Shunga ko'ra, Top Business jurnalining ko'rgazma uchun navbatdagi maxsus soni 29-30 yanvar kunlariga chiqarilishi rejalashtirildi.