Oʼzbekiston importidagi TOP 10 davlatlar ma’lum bo’ldi

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida Oʼzbekiston importida yuqori ulushga ega boʼlgan hamkor davlatlar qatorida Xitoy eng yuqori ulushni qayd etmoqda. Rossiya va Qozogʼiston kuchli uchlikda.

Quyida statistik raqamlar bilan tanishishingiz mumkin:

— Xitoy – 6,4 mlrd;
— Rossiya – 6,2 mlrd;
— Qozogʼiston – 3,2 mlrd;
— Koreya – 2,3 mlrd;
— Turkiya – 1,7 mlrd;
— Germaniya – 1,1 mlrd;
— Turkmaniston – 732 mln;
— Hindiston – 655 mln;
— Braziliya – 553 mln;
— Belarus R. – 410 mln АQSh dollari.