O'zbekiston investitsiya iqlimini takomillashtirdi

2020-yilda Markaziy Osiyo mamlakatlariga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarning yalpi oqimi 21 milliard AQSh dollarini tashkil etdi.

Jahon banki 2021-yil uchun O'rta Osiyo mamlakatlari orasida eng katta iqtisodiy o'sishni O'zbekistonda (+ 4,8%) va Tojikistonda (+ 5,3%) bashorat qildi.

Xalqaro institutsional kompaniyalar mutaxassislarining fikriga ko'ra, investitsiyani jalb qilish Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlaridan keyin iqtisodiyotni tiklashning asosiy omili hisoblanadi.