O'zbekiston - «Ipak yo'li» xalqaro ko'rgazmasining faxriy mehmoni

Bu haqda O'zbekiston Respublikasining XXRdagi elchisi Farxod Arziev o'zining Facebook sahifasida xabar berdi.

Eslatib o'tamiz, 16-avgust kuni Sian shahrida "Ipak yo'li" oltinchi xalqaro ko'rgazmasi ochildi, u umumiy taraqqiyot va birgalikdagi manfaatlar uchun o'zaro bog'liqlik va integratsiyani mustahkamlashga bag'ishlangan.

Besh kunlik ko'rgazma 70 dan ortiq mamlakat va mintaqalardan ishtirokchilarni jalb qildi. O'zbekiston faxriy mehmon vazifasini bajaradi.