Oʼzbekiston jahonning 204 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan

O’tgan yilning yanvar-dekabr oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi 50 008,4 mln АQSh dollarini tashkil etib, 2021-yilga nisbatan 7 837,9 mln АQSh dollariga yoki 18,6 % ga ortgan.

Bu haqda Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlarida qayd etilgan.

Shuningdek, ma’lum qilinishicha, Oʼzbekiston Respublikasi jahonning 204 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda.

TSАning nisbatan salmoqli hissasi Rossiya (18,6 %), Xitoy (17,8 %), Qozogʼiston (9,2 %), Turkiya (6,4 %), Koreya (4,7 %), Qirgʼiz R. (2,5 %) va Germaniyaga (2,3 %) to’g’ri kelgan.