O'zbekiston kimyo sanoatini yanada rivojlantirish yo'lida

Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) va O'zbekiston hukumati O'zbekistonda kimyo sanoatini modernizatsiya qilishni qo'llab-quvvatlash bo'yicha bitim imzoladilar, deb yozadi O'zbekiston Moliya vazirligi.

Ushbu shartnoma O'zbekistonning kimyoviy sohasiga va mineral o'g'itlar ishlab chiqarishga investitsiyalarni jalb qilishni qaratilgan.

«O‘zbekiston hukumati kimyo va o‘g‘it ishlab chiqarish sohalarini transformatsiya qilishga qaratilgan islohotlarni boshladi. Islohotlarning maqsadi kimyoviy mahsulotlarni va o‘g‘itlarni ishlab chiqaruvchi va tarqatuvchi eskirgan tizimini modernizatsiya qilish, investitsiyalarni rag‘batlantirish va raqobatbardosh sanoatni yaratish. Bu o‘z navbatida yangi yuqori malakali ish o‘rinlari bilan ta'minlashga va O‘zbekiston sanoatining uglerod izini kamaytirishga xizmat qiladi», - dedi O‘zbekiston Moliya vaziri Timur Ishmetov.

Shuni ta'kidlash kerakki, O'zbekiston tabiiy resurslarga ega bo‘lgan boy mamlakatdir. O'zbekistonning afzalligi shundaki, u o'zining xom ashyosidan foydalanib, keng turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Biroq, kimyo sanoati yetarli darajada moliyalashtirilmagan. Shuning uchun ushbu tashabbus sarmoyalarni jalb qilish orqali sektorning kamchiliklarini bartaraf etishga qaratilgan.