O'zbekiston ochiq ma'lumotlar manbalari soni bo'yicha reytingda top beshtalikka kirdi

"Open Data Inception" ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekiston ochiq ma'lumotlar manbalari soni bo'yicha dunyoda 5 o'rinda turadi. Bugungi kunda O'zbekistonda ochiq ma'lumotlar bilan 99 ta manba mavjud.

Open Data Inception 2600 dan ortiq manbalarni tashkil etuvchi ochiq ma'lumotlar portallari ro'yxatini o'z ichiga oladi. Ushbu Portal butun dunyoda mashhur va eng katta hisoblanadi.