O'zbekiston O'rta Osiyo davlatlari uchun yagona bo'lgan to'lov tizimini qo'llashni taklif qilmoqda

Samarqand shahrida bo'lib o'tgan TIFA kengashida investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov viloyatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini va bojxona tadbirlarini yagona elektron sertifikatlashtirish tizimini joriy etish haqidagi taklifini berdi.

Shu bilan birgalikda Laziz Qudratov Markaziy Osiyo davlatlarining elektron tijorat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini unifikatsiya qilish va yagona mustaqil arbitraj tizimi, yagona toʻlov tizimiga ega boʻlgan tovar va xizmatlar yetkazib beruvchilar uchun mintaqaviy platforma, eksport va import qiluvchilar maʼlumotlar bazasini yaratish pragnozlash va risklarni boshqarish boʻyicha fikrini bildirdi.