O’zbekiston OTMlari Buyuk Britaniya top reytingida

“World University Rankings – 2023” dunyoning top-1000 universitetlari reytingi Buyuk Britaniyaning “Times Higher Education” agentligi tomonidan e’lon qilindi.
Ushbu reytingda universitetlar o’qitish, tadqiqot, ta’lim sifati va xalqaro istiqbollar ko’rsatkichlarida baholandi.
Reytingda O’zbekistonning 28 ta universitetlari “reporter” maqomida qayd etilib, top-1000 reytingida davogar sifatida joy olishdi.
Qayd etish joizki, ushbu universitetlar orasidan 5 tasi Sog’liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi universitetlardir. Ular:
-Toshkent tibbiyot akademiyasi;
-Toshkent pedagogika tibbiyot instituti;
-Toshkent davlat stomatologiya instituti;
-Toshkent farmasevtika instituti;
-Andijon davlat tibbiyot instituti.
O’zbekistonning 28 ta nomzod universitetlariga top-1000 reytingga kirishlariga agentlik tomonidan yaqindan ko’mak berilishi ta’kidlandi.






