O'zbekiston OTMlariga kirish test sinovlari 5 avgustda boshlanadi

Davlat komissiyasi yig'ilishda O'zbekistondagi oliy o'quv yurtlariga qabul qilish to'g'risidagi bayonni tasdiqladi.

Mazkur bayonga muvofiq, pandemiya sharoitidagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, 2021-2022-o‘quv yili qabulida oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2021 yil 5 avgustdan boshlanadi hamda test sinovlari ochiq stadion va xiyobonlarda o‘tkazilishi belgilandi.

Test sinovlari qoida tariqasida, kuniga ikki smenada o‘tkaziladi va 1-smena 07:00 da, 2-smena 19:00 da boshlanadi.