«Oʼzbekiston-Ozarbayjon» Hududlararo forumi yakuni bo’yicha hamkorlik Memorandumlari imzolandi

Oʼzbekiston va Ozarbayjon o’rtasida qoʼshma sarmoya fondini tashkil etish bo’yicha hukumatlararo hamkorlik Memorandumi imzolandi. Hujjatlarni Oʼzbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov va Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri Mikail Djabbarov imzoladilar.
Shuningdek, Forum doirasida sarmoya, hududlararo hamkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlik, togʼ-kon sanoati va vinochilik sohalariga oid 8 ta hujjat imzolanadi.






