Oʼzbekiston - Ozarbayjon ishbilarmonlar kengashinig 3-yigʼilishi

Ayni daqiqalarda Toshkentda Oʼzbekiston - Ozarbayjon ishbilarmonlar kengashinig uchinchi yigʼilishi boʼlib oʼtmoqda.
Tadbirda Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi oʼrinbosari va Oʼzbekiston tomoni ishbilarmonlar kengashi hamraisi Toʼra Bobolov, Ozarbayjon Respublikasi Tadbirkorlar (ish beruvchilar) tashkilotlari milliy konfederatsiyasi prezidenti va ishbilarmonlar kengashi Ozarbayjon tomoni hamraisi Vugar Zeynalov, turli vazirlik va idoralar, shuningdek, ishbilarmon doiralar vakillari ishtirok etmoqdalar.
Tadbirning asosiy maqsadi Oʼzbekiston-Ozarbayjon oʼrtasidagi investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari oʼrtasidagi ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash masalalari boʼldi.
Ta'kidlash joizki, Oʼzbekiston va Ozarbayjon uchun ustuvor yoʼnalishlarda iqtisodiy sheriklikni izchil kengaytirishga, shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari oʼrtasidagi oʼzaro hamkorlikni faollashtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar Oʼzbekistonning investitsiya salohiyatiga oid taqdimot materiallari hamda mamlakatimizda biznes yuritish uchun barcha shart-sharoitlar bilan tanishib, turli sohalardagi sarmoyaviy hamkorlik va infratuzilma loyihalarini atroflicha muhokama qildilar.






