O‘zbekiston Ozarbayjonning xalqaro turizm ko‘rgazmasiga hamkorlik qilmoqda

O‘zbekiston Ozarbayjon xalqaro turizm yarmarkasida ilk bor “Hamkor davlat” sifatida ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-mart kuni bo‘lib o‘tgan selektor yig‘ilishida qabul qilingan Qaroriga ko‘ra, Ozarbayjon Respublikasi va Turkiya O‘zbekiston Respublikasida turizm xizmatlari eksportini ko‘paytirish va ushbu mamlakatlardan sayyohlarni jalb qilish maqsadida Xorazm viloyatiga biriktirildi.

Ushbu topshiriqning ijrosini ta’minlash maqsadida, ko‘rgazma doirasida Xorazm viloyatidan katta delegatsiya ishtirok etmoqda, uning tarkibi 7 ta sayyohlik kompaniyasi, “Ichan qal’a” rahbariyati, madaniyat va san’at namoyandalari, musiqachilar hamda hunarmandlardan iborat.

AITF-2023 xalqaro ko‘rgazmasi doirasida davlat sayyohlik tashkilotlari, marketing kompaniyalari, shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi vakillarining Ozarbayjon turoperatorlari bilan maydonchalarni faol sotish bo‘yicha ishbilarmonlik uchrashuvlari rejalashtirilgan.

Shuningdek ko'rgazma ishtirokchilari noyabr oyida Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan TXTY-2023 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etish shartlari bilan tanishtirilishmoqda.

AITF-2023 19-xalqaro turizm va sayohat ko‘rgazmasi 4-6-aprel kunlari Ozarbayjonning poytaxti Boku shahrida bo‘lib o‘tmoqda. AITF 2023 ko‘rgazmasida Ozarbayjondan tashqari Belarus, Bolgariya, Gruziya, Kuba, Polsha, Rossiya Federatsiyasi, Sloveniya, Tunis, O‘zbekiston, Chexiya, Shveytsariya va boshqa mamlakatlar kompaniyalari ishtirok etadi.