Oʼzbekiston-Pokiston Hukumatlararo qoʼshma komissiyasining 8-yigʼilishi

Bugun, 24-fevral kuni Toshkentdagi "Xalqaro biznes markaz"da Oʼzbekiston-Pokiston Hukumatlararo qoʼshma komissiyasining 8-yigʼilishi bo'lib o'tmoqda.
Yig'ilishda O'zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov va Pokiston hukumati delegatsiyasi vakillari ishtirok etmoqdalar.
O'zbekiston Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasi o'rtasidagi savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik bo'yicha hukumatlararo komissiyasining 8-yig'ilishida mamlakatlar o'rtasidagi munosabatlar muhokama qilinmoqda.
Eslatib o'tamiz, kecha 23-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ikki tomonlama Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisi doirasida mamlakatimizda bo‘lib turgan Pokiston Islom Respublikasi moliya vaziri, komissiyaning Pokiston qismi raisi Is'hoq Dorni qabul qilgan edi.






