O'zbekiston-Polsha: umumiy maqsadlar uchun o'zaro hamkorlik

O'zbekiston tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Sherzod Asadov Polsha tashqi ishlar vaziri Zbignev Rau bilan uchrashdi.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O'zbekiston-Polsha munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o'rtasidagi muntazam siyosiy maslahatlashuvlarning samarali natijalarini qayd etdilar va ushbu tadbirni o'tkazish amaliyotini davom ettirish zarurligini ta'kidladilar.