O'zbekiston Prezidenti BAA delegatsiyasini qabul qildi

15 iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklarining hukumat vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargavi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda muqobil energetikani rivojlantirish va energetika ob’ektlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy agrosanoat klasterlarini tashkil etish, tadbirkorlikka oid tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash uchun investitsiya kompaniyasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha loyihalar hamda qator muhim ijtimoiy dasturlar izchil amalga oshirilayotgani alohida qayd etildi.

Ta'kidlash joizki, Muhammad bin Abdulloh al-Gargavi O'zbekiston Prezidentining Orol dengizi mintaqasida ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasini yaratish tashabbusini amalga oshirish doirasida loyiha taklifini taqdim etdi.