O‘zbekiston Prezidenti Qozon shahridagi fojia borasida hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Vladimir Vladimirovich Putinga, shuningdek Qozon shahridagi maktabda bo‘lib o‘tgan fojiada halok bo‘lganlarning qarindoshlari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.

"Fojiali voqea – Qozon shahridagi maktabda sodir bo‘lgan otishma oqibatida begunoh bolalar va yoshi kattalar halok bo‘lgani haqidagi xabar meni chuqur qayg‘u va larzaga soldi"  deyiladi xabarda.

Qozon shahridagi gimnaziyaga hujum 11-may kuni sodir bo‘lgan. 175-sonli gimnaziyani 19 yoshli bitiruvchisi o‘quv muassasasiga kelib, maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilariga qarata o‘q uzdi. To‘qqiz kishi halok bo‘ldi, 21 kishi jarohat oldi. Hujum qilgan shaxs ushlandi.

Davlatimiz rahbari og‘ir va tuzatib bo‘lmaydigan yo‘qotishlarga dadillik va ruhiy matonat tilab qoldi.

Mirziyoyev O‘zbekiston xalqi nomidan qurbonlarning oila a‘zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik bildirdi va barcha shikastlanganlarga tezroq sog‘ayib ketishini tiladi.