O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga tashrifi doirasida ikkinchi kun boshlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Fransiya Respublikasiga rasmiy tashrifining ikkinchi kuni boshlandi. Shu daqiqalarda davlatimiz rahbari Fransiya Milliy yigʼini raisi Yael Braun-Pive bilan uchrashuv oʼtkazmoqda.
Tomonlar parlamentlararo aloqalarni kengaytirish, ijtimoiy-siyosiy hayotni yanada demokratlashtirish boʼyicha islohotlarni amalga oshirish borasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan fikr almashmoqda.






