O’zbekiston Prezidenti Turkiya yetakchisiga taʼziya yoʼlladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning Istanbul shahri Beyoʼgʼli tumanidagi Istiqlol koʼchasida yuz bergan portlash oqibatida koʼplab insonlar qurbon boʼlgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Prezident Rejep Tayyip Erdogʼa’nga taʼziya yoʼlladi.
Davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila aʼzolari hamda yaqinlariga taskin-tasalli va bardamlik, jarohat olganlar tez fursatda sogʼayib ketishini tiladi.






